6 Sentabr 2024, 16:45 Sport

Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya oltin medalni qo‘lga kiritdi

Para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasiga tarixiy 9-oltin medalni keltirdi.

Tolibboy Yo‘ldoshev Paralimpiya oltin medalni qo‘lga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ushbu dasturda qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev esa 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni band etdi.

Shuningdek, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z hisobidagi medallar sonini 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga yetkazib oldi.

Mashhur yangiliklar