17 Fevral 2025, 17:20 Sport

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi

Farg‘onada o‘tgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev ugandalik Junju Pauerga qarshi ringga ko‘tarildi.

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 15-fevral kuni professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, IBF kamari uchun sobiq daʼvogar Shohjahon Ergashev ugandalik Junju Pauerga qarshi ringga ko‘tarildi. Yarim o‘rta vazn toifasida 12 raund etib belgilangan jang 1-raunddayoq Shohjahon Ergashevning nokautli g‘alabasi bilan yakunlandi. Raund mobaynida o‘zbekistonlik bokschi raqibini bir necha bor nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Shohjahonning professional boksdagi rekordi 25-2 ko‘rinishiga keldi. U 27 ta jangning 25 tasida g‘alabaga erishgan (22 ta jangda g‘alaba muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan). 2 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (1 ta jangda muddatidan oldin taslim bo‘lgan).

Mashhur yangiliklar