Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik dzyudochi Sherzod Namozov -60 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi, paradzyudochi Sherzod Namozov Parij Paralimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.
5-sentyabr kuni erkaklar o‘rtasida J2 klassida (ko‘zi qisman ko‘radigan sportchilar bellashadi) -60 kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan kurashda o‘zbekistonlik Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
U bu orqali ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Sportchi 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempion bo‘lgan.
Sherzod Namozov turnir chorak finalida ispaniyalik Luis Gavilanni, yarimfinalda esa janubiy koreyalik Li Min-Jayni mag‘lub etgandi. Ikkala bahs ham 10:0 hisobida yakunlangan.
O‘zbekiston onlayn medallar jadvalida 13 o‘ringa chiqdi. Xabar e’lon qilingan vaqtda mamlakat hisobida 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 bronza medali bor.
Мавзуга оид хабарлар:
Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefonlashdi Paralimpiada. Safiya Burxanova kumush medalga ega chiqdi Bobur Omonov ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘ldi Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi Para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medalga ega chiqdi