22 Fevral 2025, 18:20 Sport

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi

U ringga chiqadigan turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni hamda IBF chempioni oʻrtasida kechadi.

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini qachon va qayerda oʻtkazishi aniq boʻldi. Bu haqda sportchining oʻzi “Sport” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Gʻiyosovning soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 12-aprel kuni AQShning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, mazkur turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyonis hamda IBF chempioni Jaron Ennis oʻrtasida kechadi. Shahram Gʻiyosov ushbu boks kechasida raqibi ustidan gʻalaba erishsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanyonis bahsi gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.

Mashhur yangiliklar