28 Yanvar 2025, 10:15 Sport

Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi

Shahram G‘iyosov WBA yo‘nalishi chempioni Eymantas Stanionis va IBF chempioni Jaron Ennis o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida 12-aprel kuni bo‘ladigan WBA yo‘nalishi chempioni Eymantas Stanionis va IBF chempioni Jaron Ennis o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.

“WBA yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanionisga 12 aprel kuni Atlantik-Siti shahrida IBF chempioni Jaron Ennis bilan jang qilishga rozilik berdi. Qoidalarga ko‘ra, WBA majburiy raqib Shahram G‘iyosovni Stanionis jamoasining iltimosi haqida xabardor qildi, u Stanionis va Ennis o‘rtasidagi jang o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi” deyiladi WBA qarorida.

Reglamentda belgilab berilgan va WBA qarori bilan tasdiqlanganidek, Stanionis va Ennis o‘rtasidagi jang g‘olibi jang o‘tkazilgan kundan boshlab 120 kun ichida G‘iyosovga qarshi to‘qnash kelishi kerak.

Shuningdek, Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini shu boks kechasida o‘tkazishi belgilandi, undan keyin esa G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi.

Mashhur yangiliklar