Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorova bilan uchrashib, uni tabrikladi
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.
Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Fransiya poytaxti Parijda Olimpiada chempioni bo‘lgan dzyudochi qiz Diyora Keldiyorova bilan uchrashib, uni shaxsan tabrikladi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi olamshumul g‘alabasi bilan Diyora Keldiyorovani o‘zim va oilam nomidan qutladim. Vatandoshlarimiz uni bejiz To‘marisga, Oybarchinga o‘xshatishayotgani yo‘q. Chunki u nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk dzyudochi ayol sifatida sport tarixi sahifalaridan joy oldi, deb yozdi u.
Shahnoza Mirziyoyevaning bildirishicha, Diyora Keldiyorovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda oilalarda ayollarga nisbatan uchraydigan zo‘ravonlikka, jamiyatdagi gender haqsizlikka qarshi qaratilgan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shu loyihalarning yuzi va ishtirokchisi bo‘lishni taklif qildi. Diyora uning taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Siz bilan faxrlanamiz, Diyora! deb yozgan Shahnoza Mirziyoyeva so‘zining so‘ngida.
Мавзуга оид хабарлар:
Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili etib tayinlandi Diyora Keldiyorova oʻzbekistonlik muxlislariga murojaat qildi Saida Mirziyoyeva Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi Prezident Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi