4 Sentabr 2024, 16:40 Sport

Server Ibragimov Paralimpiya kumush medaliga ega chiqdi

Server Ibragimov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni keltirdi.

Server Ibragimov Paralimpiya kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining para o‘q otish bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Aralash dasturda 50 metr masoafaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.

Ushbu yo‘nalishda qatnashgan o‘zbekistonlik Server Ibragimov medallar uchun kechgan bellashuvda 215.3 ochko jamg‘argan holda 2-o’rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalni jamg‘ardi.

Mashhur yangiliklar