Sergey Lushan “Navbahor”ning bosh murabbiyi boʻldi
Namanganning “Navbahor” klubi iste’foga chiqqan Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga koʻra, Sergey Lushan Namangan jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. U bungacha Odil Ahmedov futbol akademiyasida direktor lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Bugun oqshomda jamoamiz qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida viloyatimiz rahbari “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sergey Lushanni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi, deyiladi xabarda.
Sergey Lushan 1973 yilning 14 iyunida Toshkent shahrida tugʻilgan. Sergey Ivanovich murabbiylik faoliyati davomida Oʻzbekiston U19 jamoasi (2014 yil), “Bunyodkor” (2014-2017 yillar), “Soʻgʻdiyona” (2018 yil), “Dinamo” (2020 yil) jamoalarini boshqargan. Bundan tashqari, Belarusning “Shaxtyor” (Soligorsk, 2021-2022 yillar), “Shaxtyor” (Petrikov, 2023 yil) jamoalarida ishlagan.
Maʼlumot uchun, “Navbahor” Superliga 1-davrasidan keyin 19 ochko bilan 7-oʻrinni egallab turibdi. Jamoa birinchi davradan keyin dastlab Samvel Babayan bilan xayrlashgan boʻlsa, soʻng uning yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy ham isteʼfoga chiqarilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Babayan “Lokomotiv” klubida ish boshlashi mumkin Самвел Бабаян «Навбаҳор»ни тарк этди