Ronaldu yana bir rekordni “urdi”
Krishtianu Ronaldu yana gol urdi va rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda.

Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan keyin 450 ta gol urdi. Hujumchi Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Al-Garafa”ga (3:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etib, bu ko‘rsatkichga erishdi.
Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 913 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Ronaldu “Sporting” uchun 5 ta, “Manchester Yunayted” safida 145 ta, “Real” bilan 450 ta, “Yuventus” safida 101 ta, “Al-Nassr”da 78 ta va milliy terma jamoa safida 134 ta gol urgan. Hujumchi milliy terma jamoalar, Yevropa chempionati, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Joriy mavsumda Ronaldu klub safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan mehnat shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik 17 yoshli velosportchi Jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi Krishtianu Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin Krishtianu Ronaldu o‘z muxlisiga yutqazib qo‘ydi Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi
Soʻnggi yangiliklar







