7 Sentabr 2024, 11:33 Sport

Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum bo‘ldi.

Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev (34-9-2-2) 26-oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 308 turnirida rossiyalik Rinat Faxretdinovga (22-1-1) qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun Ro‘ziboyev UFC’da 3 ta jang o‘tkazib, uning 2 tasida muddatidan avval raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. So‘nggi jangda u 83,9 kgda oktagonga ko‘tarilib, Xoakin Bakliga imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg)da bo‘lib o‘tadi. Faxretdinov UFC’da 5 ta jang o‘tkazgan va ularning 4 tasida g‘alaba va bir bor raqibi bilan murosa yo‘lini tanlagan.

Nursulton 2023-yilning 2-iyul kuni UFC’dagi debyutini o‘tkazgandi. U braziliyalik yengilmas jangchi Bruno Ferreyrani (10-1) birinchi raunddayoq nokaut bilan mag‘lub etdi. Promoushendagi ikkinchi jangida esa Sedrik Dyuma (9-2) taslim etilgandi. 12-may kuni Xoakin Bakli bilan jangda ochkolar evaziga mag’lubiyatga uchragan edi.

Mashhur yangiliklar