7 Sentabr 2024, 16:47 •Sport
Roʻza Qoʻziyeva Paralimpiyada kumush medaliga ega chiqdi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya oʻyinlari davom etmoqda.
Fransiyaning Parij shahrida oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Roʻza Qoʻziyeva 147 kg tosh koʻtardi va kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqa oltin medali esa braziliyalik Mariana D’Andreaga (148 kg) nasib qildi.
Aytish joiz, Roʻza bahslar davomida ikki marotaba Paralimpiya oʻyinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. U bunga qadar Tokioda boʻlib oʻtgan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy 25 ta medal (10 ta oltin, 9 ta kumush, 6 ta bronza) jamgʻargan holda onlayn jadvalning 11-pogʻonasidan joy oldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Paralimpiyada. Oʻzbekistonning oltin medallari soni 10 taga yetdi 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi Paralimpiada. Safiya Burxanova kumush medalga ega chiqdi
Soʻnggi yangiliklar
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02