21 Yanvar 2025, 08:33 Sport

Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi

Kelishuvga ko‘ra, shartnomani yana bir yilga cho‘zish mumkin. Abduqodir o‘ziga 45-raqamni tanlagan.

Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi

“Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik himoyachi klub bilan 2029-yilning yozigacha bo‘lgan shartnomani imzoladi.

16-yanvar kuni futbolchi Manchester shahriga yetib borgan edi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Husanov va klub o‘rtasida 4,5 yillik shartnoma imzolanish kutilayotgan edi.

Romano ham o‘z ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shartnoma imzolanganini tasdiqladi. Kelishuvga ko‘ra, shartnomani yana bir yilga cho‘zish mumkin. Abduqodir o‘ziga 45-raqamni tanlagan.

Shu tariqa Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi. Angliyaning yuqori divizionida futbolchilari o‘ynagan davlatlar soni esa 119 taga yetadi.

Mashhur yangiliklar