Prezident sovg‘a qilgan mashinada qoida buzgan bokschi jarimaga tortildi
Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiada chempionligi uchun berilgan Tahoe’da tezlikni oshirib harakatlangani uchun javobgarlikka tortildi.
Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Tahoe avtomobilini shahar hududida soatiga 110 km tezlikda boshqargan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 3-qismiga (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib u bilan bilan profilaktik suhbat olib borildi.
Ushbu moddaga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi BHMning besh baravari miqdorida (3 million 60 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga mashina va pul mukofoti berildi Bokschi Asadxo‘ja prezident sovg‘a qilgan mashinada yuqori tezlikda harakatlandi Parij-2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga 4-oltinni keltirdi