10 Avgust 2024, 02:10 •Sport
Parij-2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga 4-oltinni keltirdi
-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda meksikalik Marko Alonso Verdega qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik Marko Alonso Verdega qarshi jang qildi.
Birinchi raund to‘liq Asadxo‘janing ustunligida o‘tdi va 5:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi raund ham 5:0 hisobida o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi.
Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Asadxo‘ja Parij Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangda daniyalik Nikolay Terteryan taslim etilgandi. Yarim finalda esa AQSH vakili Omari Jons ustidan g‘alaba qozongandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi Espinosani nokautga uchratgan Ahmadaliyev Naoi Inouega murojaat qildi O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlab oldi va oltin medaldan quruq qoldi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi
7 Fevral 2025, 08:56
Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
7 Fevral 2025, 08:20
“Oʻzgidromet” bugun qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi
7 Fevral 2025, 07:33
Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul?
6 Fevral 2025, 19:28
“O‘zgidromet”: Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
6 Fevral 2025, 18:48
Qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi
6 Fevral 2025, 18:03
Shveysariya Gulnora Karimovadan musodara qilingan 182 mln dollar O‘zbekistonga qaytaradi
6 Fevral 2025, 17:34
Samarqandda haydovchi YPX xodimini sudrab ketdi
6 Fevral 2025, 17:02