10 Sentabr 2024, 08:50 Sport

Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olindi.

Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

Kecha, 9-sentabr kuni Parijdan qaytib kelgan O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olindi. Jamoa aeroportdan Milliy Paralimpiya qo‘mitasiga maxsus yo‘nalish — Bobur, Nukus, Oybek, Sharof Rashidov, Shahrisabz, Navoiy ko‘chalari bo‘ylab yo‘l oldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida bosh vazir Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Narbayeva va uning o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirokida Paralimpiada sovrindorlariga mukofotlar topshirildi. Mukofot miqdori davlat rahbari tomonidan 2022-yilning fevral oyida tasdiqlangan, ular davlat budjetidan ajratiladi.

Oltin medal sohiblariga:

  • 200 ming AQSh dollari;
  • Tahoe avtomobili;
  • 2 qavatli kottej.

Kumush medal sohiblariga:

  • 100 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus EV Champion Flagship avtomobili;
  • xonadon.

Bronza medal sohiblariga:

  • 50 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus DM-I Champion Flagship avtomobili;
  • xonadon.

Paralimpiya bahslarida ikki sportchi: Tolibboy Yo‘ldoshev (oltin va bronza) hamda Nurxon Qurbonova (oltin va bronza) ikkitadan medal qo‘lga kiritgandi.

Ularga, prezident qarorida belgilanganidek, 200 ming va 50 ming dollar alohida beriladi. Mashina va uy esa bitta — oltin medal sohiblariga beriladigan Tahoe hamda 2 qavatli kottej sovg‘a qilinadi, deya tushuntirdi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Mashhur yangiliklar