9 Sentabr 2024, 09:35 Sport

Otabek Umarov OOKning Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘ldi

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti etib saylandi.

Otabek Umarov OOKning Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda.
Foto: MOQ

Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olindi.

Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Bungacha Otabek Umarov muddati qisqa bo‘lgan davr – Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vitse-prezident edi.

Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qitʼamizdagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga masʼul bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar