30 Avgust 2024, 15:58 •Sport
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha ayollar musobaqasi davom etmoqda.
T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, u 5-urinishida natijasiga 2 sm qo‘shib, avvalroq o‘rnatgan rekordini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, Asila 2023-yilning iyul oyida Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, Mirzayorova Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik 17 yoshli velosportchi Jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi Ronaldu yana bir rekordni “urdi” Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili boʻldi
Soʻnggi yangiliklar

Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
17 Aprel 2025, 17:43
O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi
17 Aprel 2025, 17:27
Toshkentda ayol va yigit oʻrtasidagi yoʻl tortishuvi mushtlashuvga aylanib ketdi — video
17 Aprel 2025, 14:27
Litva Oʻzbekistondan kelgan migrantlardan voz kechadi
17 Aprel 2025, 13:37
Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyadan chiqarib yuborildi va metrodagi ayolning surati uchun jarimaga tortildi
17 Aprel 2025, 12:51
Toshkentning bir tumani qisman elektrsiz qoldi — manzillar
17 Aprel 2025, 11:15
Toshkentda birinchi jamoat parki ochiladi
17 Aprel 2025, 10:47
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan toʻrt nafar oʻzbekistonlikning jasadi topildi
17 Aprel 2025, 09:27