1 Aprel 2025, 18:09 Sport

Oʻzbekistonlik sportchilar boks boʻyicha Jahon kubogini ishonchli gʻalabalar bilan boshladi

Uch nafar hamyurtimiz keyingi bosqichga yoʻl oldi, yana uch nafari dastlabki janglarini oʻtkazadi.

Oʻzbekistonlik sportchilar boks boʻyicha Jahon kubogini ishonchli gʻalabalar bilan boshladi

Braziliyada boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha Jahon kubogining ilk kunida oʻzbekistonlik bokschilar gʻalaba qozondi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, uch nafar sportchi oʻz janglarini ishonchli oʻtkazib, keyingi bosqichga yoʻl oldi. Ular orasida

  • -55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov — Nebil Ibrahim (Shvetsiya) – 5:0;
  • -70 kg: Iqboljon Xoldorov — Damyan Durkach (Polsha) – 5:0;
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev — Alfred Kommi (Italiya) – 4:1.

2-aprelga oʻtar kechasi yana uch nafar bokschi saralash janglarini oʻtkazadi:

  • -60 kg: Madiyar Daniyarov — Mishel Baldassi (Italiya);
  • -50 kg: Asilbek Jalilov — Nurzat Ongarov (Qozogʻiston);
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov — Leonid Berisha (Shveysariya).

Avvalroq boks 2028-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishi haqida xabar berilgandi. Olimpiya boksini World Boxing xalqaro boks federatsiyasi rivojlantiradi.

Mashhur yangiliklar