28 Fevral 2025, 14:50 Sport

O‘zbekistonlik 17 yoshli velosportchi Jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi

Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 17 yoshli velosportchi Samira Ismoilova rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonlik 17 yoshli velosportchi Jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi

Velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi kuni doirasida terma jamoamiz a’zosi Samira Ismoilova yosh qizlar o‘rtasidagi individual ta’qib dasturida eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga ega chiqqan edi. Hamyurtimiz mazkur dasturdagi natijasi orqali O‘zbekiston, Osiyo va Jahon rekordini o‘rnatishning uddasidan chiqdi. Ismoilova individual ta’qib dasturida 3:46.800 vaqtda marrani kesib o‘tdi.

Bu esa USI xalqaro komissari Ueyn Romario tomonidan rekord sifatida tasdiqlandi. Endi yosh qizlar o‘rtasidagi individual ta’qib dasturida jahon va Osiyo rekordi 17 yoshli sportchimiz — Samira Ismoilovaga tegishli.

Xalqaro ekspert va mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Samira Ismoilova Osiyo chempionatining yangi kashfiyoti bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar