21 Yanvar 2025, 19:24 Sport

O‘zbekistonda “Jump Rope” federatsiyasi tashkil etildi

Durdona Rahimova O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi raisi etib saylandi.

O‘zbekistonda “Jump Rope” federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi faoliyatini boshladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 21-yanvar kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida mazkur federatsiyasiyaning tashkil etilganiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tgan.

Unda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Shukurulloyevna Rahimova O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi raisi etib saylangan.

Shuningdek, federatsiya birinchi vitse-prezidenti etib Hasan Xayrullayevich Xayrullayev nomzodi ma’qullangan.

Ma’lumot o‘rnida, “Jump Rope” arqondan sakrash musobaqalarini o‘zida jamlovchi sport turi hisoblanadi.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar