O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishi mumkin
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qitʼasining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshladi.

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan birgalikda 2031-yilgi Osiyo kubogini oʻtkazmoqchi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031-yilda Osiyo qitʻasining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshlagan. Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirgan holda, oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surgan.
“Bugungi kunda qoʻshni mamlakatlar bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qoʻshimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini oʻtadi. Markaziy Osiyo har doimgidek oʻzining mehmondoʻstligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo eʻtiborini qozonishga tayyor”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







