12 Fevral 2025, 18:10 •Sport
O‘zbekiston para velosportchilari Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Terma jamoa jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, 15 davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

7−9-fevral kunlari Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
Terma jamoa jami 26 ta — 12 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritib, 15 davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tantanali kutib olish marosimida Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati,OAV xodimlari va sportchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni boʻldi O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati finaliga chiqdi O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlab oldi va oltin medaldan quruq qoldi O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi Tailandda oʻzbekistonlik ayol 6-qavatdan tushib ketdi
Soʻnggi yangiliklar

Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
14 Mart 2025, 14:00
Fransiya va Yaponiya O‘zbekistonda uran qazib olishga 214 mln dollar yo‘naltiradi
14 Mart 2025, 12:09
O‘zbekistonda havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi: dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti
14 Mart 2025, 11:36
O‘zbekistonlik sportchilar slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltita medal qo‘lga kiritdi
14 Mart 2025, 11:03
O‘zbekiston va Fransiya muhim minerallarni geologik-texnik jihatdan o‘rganadi
14 Mart 2025, 10:30
Toshkentning ikki tumanida reklama peshlavhalarida davlat tili talablari buzilgani aniqlandi
14 Mart 2025, 09:21
1-oktyabrdan fuqarolarga ayrim subsidiya, grant va ssudalar ijtimoiy karta orqali beriladi
14 Mart 2025, 08:47
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga yollashga qiziqish bildirmoqda
14 Mart 2025, 08:13