Oʻzbekiston Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 19 sport turida 75 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda ulkan ish olib borilgani, buning natijasida tayyorgarlik sikli yuqori koʻrsatkichlar bilan yakunlangani haqida toʻxtaldi.
Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasining “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlariga ishtiroki oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
“Dunyo” xabariga koʻra, tadbirda sport vaziri Adham Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari Ravshan Ermatov, Saken Poʻlatov, Aziz Komilov va Sherzod Toshmatov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Vazir Adham Ikramov anjumanni ochib berar ekan, oʻzbek sporti tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yoʻllanma qoʻlga kiritilganini, qolaversa, delegatsiya futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qilishini bildirdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda ulkan ish olib borilgani, buning natijasida tayyorgarlik sikli yuqori koʻrsatkichlar bilan yakunlangani haqida toʻxtaldi.
Shuningdek, u Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va Oʻyinlarning tashkiliy qoʻmitasi bilan muntazam ravishda aloqa yoʻlga qoʻyilgani, delegatsiya aʼzolari, sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini qoʻshimcha qildi.
Oʻz navbatida, Ravshan Ermatov futbolchilar tayyorgarligi, rejalar xususida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, Saken Poʻlatov boks, Aziz Komilov dzyudo misolida sportchilar tayyorgarligi yakuniy pallaga kirgani, barcha jamoalarimizdan yuqori natijalar kutilayotgani xususida gapirib oʻtishdi.
Iyun oyida oʻtgan erkin kurash boʻyicha Budapesht gran-prisining oltin medal sohibi Razambek Jamolov Bekzod Abdurahmonovning oʻrniga boʻlajak Olimpiadada -74 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston olimpiya jamoasining Parijga boradigan tarkibi eʼlon qilindi Ўзбекистон спортчиларининг Париж-2024 ўйинларига йўлланмалари сони 50 тага етди