O‘zbekiston media futbol jamoasi JCh chorak finaliga chiqdi
“Anvonted Boys” jamoasi Murosasiz kechgan o‘yinda Peruni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Italiyada davom etayotgan “Kings League” turniri doirasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Anvonted Boys” jamoasi Peruni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqa 1/4 finaliga chiqdi.
Murosasiz kechgan o‘yinda dastlab o‘zbekistonliklar 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Shunga qaramay o‘yin oxirida Peru vakillari 3:4 hisobida kambek qayd etdi. O‘yin tugashiga bir necha soniya qolganda O‘zbekiston media futbol jamoasi gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Endi O‘zbekiston vakillari Jahon chempionati maqomidagi turnirning chorak final bosqichida kolumbiyaliklar bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jerar Pike tashkilotchiligidagi turnir 12 yanvarga qadar davom etadi. Finalga Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadioni mezbonlik qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







