8 Oktabr 2024, 14:10 Sport, Oʻzbekiston

O‘zbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.

O‘zbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. U bilan tuzilgan shartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolangandi.

7-oktabr kuni O‘FA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yig‘ilishda jamoaning O‘zbekistonda o‘tgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.

Yig‘ilishda terma jamoa o‘yinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni yetkazib berish yo‘lida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar o‘rtasidagi turnirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berib, turnirlarga jalb etish orqali ularga yaxshi natijalarga erishish mumkinligi aytildi.

Xose Venansio O‘FA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘tgan musobaqalar davomida O‘FA tomonidan barcha sharoitlar taqdim etilganini qayd etdi. Ispaniyalik mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga ko‘maklashganini aytib, kelgusida do‘stona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar