12 Fevral 2025, 16:08 Sport

Oʻzbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni boʻldi

Qitʼa birinchiligida 100 foizlik natija bilan finalga chiqqan Oʻzbekiston termasi Indoneziya vakillarini 6:0 hisobida magʻlub etdi.

Oʻzbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni boʻldi

Joriy yilning 5-12-fevral kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Ilk bor tashkil etilgan qitʼa birinchiligida 100 foizlik natija bilan finalga chiqqan Oʻzbekiston terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Indoneziya vakillariga qarshi maydonga tushdi.

Oʻyin davomida yaqqol ustunlik qayd etgan oʻzbekistonlik sportchilar raqib darvozasini 6-marta ishgʻol edi. Eʼtiborlisi, Indoneziya terma jamoasi butun bahs davomida bir marta ham gol zavqini his eta olmadi.

Shu tariqa Oʻzbekiston jamoasi 6:0 hisobida raqiblarini magʻlub etib, 2025-yilgi Osiyo chempionati gʻolibiga aylandi.

Mashhur yangiliklar