23 Dekabr 2024, 19:21 •Sport
O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir necha yo‘nalishlarda yilning eng yaxshilari nomi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov eng yaxshi erkak sportchi, dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova esa eng yaxshi ayol sportchi sifatida eʼtirof etildi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov esa yilning eng yaxshi yosh sportchisi bo‘ldi.
Barcha g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
- Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)
- Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para tayekvondo)
- Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
- Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
- Sport targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)
- Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Nodir To‘ychiyev
- Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (O‘zA)
- Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)
- Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)
- Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullayeva (og‘ir atletika)
- Yuksalayotgan federatsiya: O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi
- Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
- Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: O‘zbekiston tayekvondo WТ assotsiatsiyasi
- Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
- Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
- Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov
- Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)
- Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Ro‘za Qo‘ziyeva (para pauyerlifting)
- Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)
- Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)
- Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)
- Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)
- Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Do‘smatov (boks)
Мавзуга оид хабарлар:
Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi deb topildi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi “Hech narsada to‘xtash yo‘q” – Husanov “Man Siti”da ilk bor intervyu berdi Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi
Soʻnggi yangiliklar

Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
17 Fevral 2025, 19:08
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
17 Fevral 2025, 18:33
Bojxona qo‘mitasi raisi Yengil atletika federatsiyasiga ham bosh bo‘ldi
17 Fevral 2025, 17:55
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi
17 Fevral 2025, 17:20
Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi
17 Fevral 2025, 16:45
Farg‘onada o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisini kaltakladi
17 Fevral 2025, 16:12
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
17 Fevral 2025, 15:37
Toshkentda bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi
17 Fevral 2025, 15:04