Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi
Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Moʻgʻuliston va Turkmaniston polvonlari band etdi.
Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonligida oʻtgan kurash boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida IX, faxriylar oʻrtasida III Jahon chempionati Oʻzbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Yigirmadan ortiq davlatning 150 nafardan ziyod yosh sportchilari ishtirokidagi bahslar sarhisobiga koʻra, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 32 ta (14 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
Faxriylar oʻrtasida oʻtgan jahon chempionatida mamlakatimizning faxriy polvonlari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.
Jahon chempionatining natijalariga koʻra, 30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza medaliga egalik qilgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Moʻgʻuliston va Turkmaniston polvonlari band etdi.
Milliy terma jamoamiz aʼzolari bugun Toshkentga qaytib kelishdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi O‘zbekiston 2027 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston BAA ustidan g‘alabaga erishdi