Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega “vizov” tashladi
Sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inoueni jangga chorladi.

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inouega murojaat yo‘lladi.
Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qo‘rqma. AQSHda bo‘ladimi, Yaponiyada bo‘ladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda bo‘ladimi, menga farqi yo‘q. Tayyorman. Let’s go champ, deydi Murodjon.
Ahmadaliyev 2023-yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Naoya kecha, 3-sentyabr kuni mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratdi. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdumalik Halokov professional boksdagi ikkinchi jangida g‘alaba qozondi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq boʻldi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi Shahram G‘iyosov 2 ta kamar uchun jang qiladi
Soʻnggi yangiliklar







