19 Oktabr 2024, 15:30 •Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov 23-noyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning (27-8-0) navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Murodov 23-noyabr kuni Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo‘yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga turnirda Shimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi.
O‘rta vazn toifasida tashkil etiladigan to‘qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko‘rgazmali maqomda o‘tkaziladi.
Mahmud Murodov so‘nggi jangini 21-sentyabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida o‘tkazdi. O‘rta vazn toifasidagi Murodovga angliyalik Skott Askhem raqiblik qildi. To‘liq davom etgan jangda Murodov ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Rossiyada o‘zbekistonlik giyohvand moddalar sotgani uchun qamaldi
24 Aprel 2025, 22:04
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
24 Aprel 2025, 16:34
Yangi avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza jo‘natish imkoni yaratildi
24 Aprel 2025, 14:58
Markaziy bank qat’iy pul-kredit sharoitida kreditlash va depozitlar hajmining o‘sishini kutmoqda
24 Aprel 2025, 14:23
Gulnora Karimova noqonuniy o‘zlashtirgan mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ma’lumot berildi
24 Aprel 2025, 13:47
Toshkentda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltaklaganlikda gumon qilinmoqda — video
24 Aprel 2025, 11:59
O‘zbekistonda Inessa Papernayaning o‘limi bo‘yicha tergov yakunlandi
24 Aprel 2025, 10:29
Markaziy bank Tencent bilan WeChat Pay’ni O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilishni ko‘rib chiqyapti
24 Aprel 2025, 08:37