5 Sentabr 2024, 16:06 Sport

Mahmud Murodov Chexiyada doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi

Sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi.

Mahmud Murodov Chexiyada doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi.

Chexiya sudi bergan maʼlumotga ko‘ra, Mahmud Murodov uyushgan jinoyatchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatgani sabab mamlakat aholisiga xavf soladi. Aynan shu sabab bilan sportchiga Chexiyada doimiy istiqomat qilish mumkin bo‘lmaydi.

MMA jangchisi Chexiyada istiqomat qiluvchi to‘rt yashar qizini tarbiyalash va janglarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega edi.

34 yoshli Murodov Chexiyaga ilk bor 2011-yilda kelgan. Chex matbuotining xabar berishicha, Boshpana va migratsiya siyosati departamenti may oyida Murodovning Chexiyada vaqtincha yashash uchun topshirgan arizasiga rad javobini bergan.

Murodov departament qaroriga javoban sudga daʼvo arizasi kiritgan, ammo bu ish ham o‘zbekistonlik foydasiga hal bo‘lmadi.

Sud aybloviga ko‘ra, Mahmud Murodov Bolqon uyushgan jinoiy guruh aʼzolari bilan aloqada bo‘lgan. Mahmud Murodov ushbu ayblovni inkor etadi.

Men mafiya bilan hamkorlik qilmayman, mafiyadan hech kimni tanimayman ham. Na chex, na Bolqon, na rus, na yaqin sharqdagilarni. Politsiya yoki vazirlik mening kim bilan aloqada ekanimni aytsin. Bunga tushuntirish beraman, degan Murodov.

Mashhur yangiliklar