2 Aprel 2025, 09:22 Sport

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatni bitta medal bilan yakunladi

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyada o‘tgan Osiyo chempionatida yunon-rum kurashida 6 medal (3 oltin, 2 kumush va 1 bronza) qo‘lga kiritdi. Ayollar terma jamoasi 1 ta bronza medali bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Sportchilar erkin kurash bo‘yicha bahslarni mukofotsiz yakunladi.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatni bitta medal bilan yakunladi

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Iordaniyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

-65 kg vazn toifasida 18 yoshli Shaxzoda Allaniyazova uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. U janubiy koreyalik Bark Jeon Gani 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 65 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Yaponiya 186 ochko jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy 157 ball bilan ikkinchi, Shimoliy Koreya esa 155 ball bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Keyingi o‘rinlarda Mo‘g‘uliston (126), Hindiston (116), Qozog‘iston (98) va Qirg‘iziston (80) bo‘ldi.

Musobaqaning so‘nggi kunlarida erkin kurash bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi, biroq o‘zbekistonlik sportchilar kutilgan natijani ko‘rsata olmadi va umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egalladi.

“Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo‘nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi”, — deyiladi MOQ xabarida.

Shu tariqa, 25−30-mart kunlari o‘tkazilgan turnirda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, ayollar terma jamoasi esa 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mashhur yangiliklar