Krishtianu Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin
“Al-Nassr” klubi sobiq darvozaboni Valid Abdulla Ronaldu islom dinini qabul qilish niyatida ekanini aytdi.

Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” futbol klubi sobiq darvozaboni Valid Abdulla portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning islom dinini qabul qilish niyati borligi va Saudiya madaniyatiga chuqur moslashib borayotgani haqidagi maʼlumotlar bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi.
Arab telekanalidagi dasturlardan birida mehmon sifatida qatnashgan Abdulla, Ronalduning islom dinini qabul qilish istagi borligi haqidagi uzoq yillik mish-mishlarni tasdiqlab, yulduz futbolchining mahalliy urf-odat va anʼanalarga qiziqishi yuqoriligini ta’kidladi.
Ronaldu haqiqatan ham islom dinini qabul qilishni xohlaydi. Men u bilan bu haqda suhbatlashdim, u o‘z qiziqishini bildirdi. U allaqachon gol urganidan keyin maydonda sajda qiladi, shuningdek, doimo futbolchilarga namoz o‘qish va islomiy diniy amallarni bajarishni targ‘ib qiladi, deydi darvozabon.
Мавзуга оид хабарлар:
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi Krishtianu Ronaldu o‘z muxlisiga yutqazib qo‘ydi Ronaldu yana bir rekordni “urdi” Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi
Soʻnggi yangiliklar







