IIBB O‘zbekiston–Eron o‘yinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston–Eron o‘yiniga kelmoqchi bo‘lganlarga murojaat bilan chiqdi.

Toshkent shahar IIBB 10-oktyabr soat 19:00 da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Eron terma jamoalari futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bahslari o‘tkazilishi munosabati bilan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Hurmatli fuqarolar! Sizlardan stadionga o‘yin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy transportingizda emas, balki jamoat transportida kelishingizni, chiptalarsiz o‘yingohga kelmasligingizni (chiptalarsiz kiritilmaydi) so‘rab qolamiz, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha jamoat transportlari ajratilgan.
Xabarda aytilishicha, o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligi sababli sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar tugagan.
Poytaxt IIBB futbol ishqibozlaridan stadionda jamoat tartibiga va o‘rnatilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda o‘quvchi qizga hujum qilgan yigit ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi O‘zbekiston media futbol jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini to‘xtatdi O‘zbekiston media futbol jamoasi JCh chorak finaliga chiqdi
Soʻnggi yangiliklar







