Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi
Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio—2016 va Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Norbekov Paralimpiya o‘yinlari rekordini (16.82 metr natija) yangiladi.
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida xitoylik Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda xitoylik sportchi 16.22 metr natija qayd etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi