29 Yanvar 2025, 10:50 •Sport
Husayn Norchayev Portugaliya klubiga o‘tishi mumkin
O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Portugaliyaning yetakchi klubida davom ettirishi mumkin.

Vladikavkazning “Alaniya” klubining 22 yoshli o‘zbekistonlik hujumchisi Husayn Norchayev faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi xizmatlariga Portugaliyaning “Braga” klubi qiziqish bildirmoqda. Norchayev tibbiy ko‘rikdan o‘tish oldidan Portugaliya vizasi bo‘yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Husayn Norchayev 2023 yilning fevral oyida Qarshining “Nasaf” klubidan “Alaniya”ga ko‘chib o‘tgandi. Transfer summasi 300 ming yevroni tashkil qildi. Norchayev o‘tgan yilning dekabrigacha Farg‘onaning “Neftchi” klubida ijara asosida o‘ynadi. O‘zbekiston Superligasida esa 15 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Husanov “Manchester Siti”da 45-raqamda o‘ynaydi — OAV “Siti” Husanov uchun 50 mln yevro sarflashga tayyor — Sky Sport Husanov transferi uchun kurashga “Tottenxem” ham qo‘shildi Abduqodir Husanov uchun kurashga “Real Madrid” ham qo‘shildi Abduqodir Husanov qishdayoq “Manchester Siti” safiga o‘tishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar

Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
14 Mart 2025, 14:00
Fransiya va Yaponiya O‘zbekistonda uran qazib olishga 214 mln dollar yo‘naltiradi
14 Mart 2025, 12:09
O‘zbekistonda havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi: dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti
14 Mart 2025, 11:36
O‘zbekistonlik sportchilar slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltita medal qo‘lga kiritdi
14 Mart 2025, 11:03
O‘zbekiston va Fransiya muhim minerallarni geologik-texnik jihatdan o‘rganadi
14 Mart 2025, 10:30
Toshkentning ikki tumanida reklama peshlavhalarida davlat tili talablari buzilgani aniqlandi
14 Mart 2025, 09:21
1-oktyabrdan fuqarolarga ayrim subsidiya, grant va ssudalar ijtimoiy karta orqali beriladi
14 Mart 2025, 08:47
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga yollashga qiziqish bildirmoqda
14 Mart 2025, 08:13