22 Yanvar 2025, 10:15 Sport

Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi

Ayrim manbalar oʻzbekistonlik 20 yoshli futbolchi haftasiga 67 ming yevro ishlab topishi haqida yozmoqda.

Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi

Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga oʻtgach, eng koʻp maosh oladigan oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.

Jurnalist Narzulla Saydullayevning telegramdagi kanalida yozishicha, Abduqodir Husanovning Manchester klubidagi yillik maoshi taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

20 yoshli himoyachining “shaharliklar” safidagi oylik maoshi 290 ming yevroni tashkil qilsa, haftalik maosh 67 ming yevro, kunligi 9,5 ming yevro demakdir.

Maʻlumot uchun, Husanov 40 mln yevro evaziga “Lans”dan “Man Siti”ga oʻtdi.

Mashhur yangiliklar