Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgan APL grandlari soni yana bittaga ortdi.

Fransiyaning “Lans” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi, 20 yoshli Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayotgan APL klublari safi yana bittaga ko‘paydi.
Hozirda ishi yurishmayotgan va ketma ket mag‘lubiyatga uchrayotgan Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisi transferiga qiziqish bildirmoqda.
Parij nashri L’Equipe xabariga ko‘ra, “Lans” Husanovni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishga tayyor. Faqat 30 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqadi. Joriy mavsumda Husanov barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning “Lans” bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
APLning “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Vest Hem” va “Lester” klublari futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, “PSJ” va Madridning “Atletiko” klublari ham himoyachi xizmatlaridan foydalanish niyatida.
Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 12 million yevroga baholagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Abduqodir Husanov O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi Abduqodir Husanovga “Gelik”ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi “Hech narsada to‘xtash yo‘q” – Husanov “Man Siti”da ilk bor intervyu berdi
Soʻnggi yangiliklar







