“Hech narsada to‘xtash yo‘q” – Husanov “Man Siti”da ilk bor intervyu berdi
Abduqodir Husanov nega aynan ushbu klubni va nima uchun 45-raqamni tanlagani xususida ham gapirdi.

“Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov klub safida ilk bor intervyu berdi.
Husanov nega aynan ushbu klubni tanlagani, nima uchun 45-raqamni tanlagani xususida gapirdi.
“Manchester Siti” – dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Men bu yerga sovrin yutish uchun keldim. Men har doim qiyinchiliklarga uchrab kelganman… Hech narsada to‘xtash yo‘q. Bu nafaqat men uchun, balki butun O‘zbekiston uchun katta muvaffaqiyat.
Belarusdagi jamoamda 45-raqamda o‘ynaganman. Shu sabab bu yerda ham 45-raqamn tanladim.
Bu hali boshlanishi. Hali ko‘p o‘zbeklar Angliyada o‘ynashadi.
Otamning futbol o‘ynashini ko‘rib, menda ham qiziqish paydo bo‘lgan. Borganman…
“Manchester Siti” – dunyoning eng yirik jamoalaridan biri. Murabbiyi esa jahondagi eng yaxshilaridan. Bu yerga shu sabab keldim”, deydi Husanov.
Мавзуга оид хабарлар:
Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi Husanov “Manchester Siti”da 45-raqamda o‘ynaydi — OAV Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi
Soʻnggi yangiliklar







