2 Oktabr 2024, 10:48 •Sport
Hasanboy Do‘stmatov WBO reytingida pastladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi yakunida yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Undan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida jang qiluvchi Hasanboy Do‘stmatov 2 pog‘ona pastladi. O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi sardori hozirda 10-o‘ringa joylashdi. -50,8 kg vazn toifasida jang qiluvchi Olimjon Nazarov bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘rinda qayd etildi. Murodjon Ahmadaliyev hamda Bektemir Meliqo‘ziyev ham o‘z o‘rinlaridan pastladi. Shahram G‘iyosov vazn peshqadamligini saqlab turibdi.
- Hasanboy Do‘stmatov (birinchi o‘ta yengil vazn (-48,8 kg): o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 10-o‘ringa joylashdi;
- Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi -50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rinni egalladi;
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi -55,3 kg) o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona pastlab, 8-o‘rinni egalladi;
- Muhammad Sheyxov (birinchi yarim yengil vazn toifasi -55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi;
- Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi -66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi vazn peshqadami;
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn – 76,2 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 11-o‘ringa joylashdi;
- Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn – 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi 3 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda? WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi O‘zbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘ona ko‘tarildi FIFA reytingi yangilandi, unda O‘zbekistonning o‘rni qanday?
Soʻnggi yangiliklar

Andijonda noqonuniy ziyorat turlarini tashkil etishda gumonlangan ayol qoʻlga olindi
11 Aprel 2025, 18:15
Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi
11 Aprel 2025, 16:49
Oʻzbekistonda oltin yana qimmatlashdi
11 Aprel 2025, 16:35
Toshkentdagi doʻkonlardan birida noqonuniy veyplar savdosi aniqlandi
11 Aprel 2025, 16:03
Toshkentda maktab direktori bilan janjal qilgan ota qamaldi
11 Aprel 2025, 15:07
Oʻzbekistonda haydovchilar uchun yangi jarimalar paydo boʻldi
11 Aprel 2025, 13:55
Toshkentda erkak oʻgay akasini boʻlaklab, uning homilador xotinini boʻgʻib oʻldirdi
11 Aprel 2025, 12:51
Toshkent metrosida yoʻlovchilar ketayotgan poyezd bekatlar oraligʻida qolib ketdi
11 Aprel 2025, 11:34