Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi
Unga ko‘ra, JCH-2030 uch qit’ada, 2034-yilda esa Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.
2030-yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchta qit’aning oltita davlatida, 2034-yilda esa yagona nomzod bo‘lgan Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Bunday qaror FIFAning Syurixdagi navbatdan tashqari kongressida e’lon qilindi.
Sports.ru Arabistondagi turnir qishda o‘tkazilishini taxmin qilmoqda. Avstraliya ham 2034-yilgi Jahon chempionatiga da’vogarlik qilgan, ammo oxir-oqibat ariza berishdan bosh tortgan.
Bundan tashqari, FIFA 2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uch qit’ada o‘tkazilishini uzil-kesil tasdiqladi. Ko‘pgina o‘yinlarga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi, yana uchta o‘yin — ilk bor o‘tkazilgan jahon chempionatining 100 yilligi sharafiga — Paragvay, Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi (ilk JCH 1930-yilda Urugvayda tashkil etilgan).
Saudiya Arabistoni hukumati bir necha bor inson huquqlari buzilishi va qatag‘onlarda, shuningdek, rejim tanqidchilarini, jumladan, jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirishda ishtirok etishda ayblangan. Mutaxassislarning fikricha, mamlakat o‘z imijini o‘zgartirish uchun sportga sarmoya kiritmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026-yildan jahon chempionatlarida 48 ta jamoa ishtirok etadi.
Мавзуга оид хабарлар:
OʻzPFL futbolchilarga minimum maosh miqdorini belgiladi Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi Krishtianu Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin O‘zbekiston 2027 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi