19 Dekabr 2024, 19:22 •Sport
FIFA reytingi yangilandi, unda O‘zbekistonning o‘rni qanday?
Xalqaro futbol federatsiyasi terma jamoalarning yangi raytingini eʼlon qildi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 58-o‘rinni band etdi.
E’tiborlisi, terma jamoa o‘tgan oyda ham aynan 58-o‘rinni egallagandi. Osiyo jamoalari ichida O‘zbekiston reytingda 7-pog‘onani band etgan. Yaponiya (15), Eron (18), Koreya Respublikasi (23), Avstraliya (26), Qatar (48) va Iroq (56) reytingda O‘zbekiston terma jamoasini ortda qoldirdi.
FIFA jadvalida hamon amaldagi jahon chempionlari bo‘lmish Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikka Fransiya, Ispaniya, Angliya va Braziliya terma jamoalari kiritildi.
Top-10’ga esa Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya va Germaniya terma jamoalari kirishni uddaladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda maktab direktori bilan janjal qilgan ota qamaldi
11 Aprel 2025, 15:07
Oʻzbekistonda haydovchilar uchun yangi jarimalar paydo boʻldi
11 Aprel 2025, 13:55
Toshkentda erkak oʻgay akasini boʻlaklab, uning homilador xotinini boʻgʻib oʻldirdi
11 Aprel 2025, 12:51
Toshkent metrosida yoʻlovchilar ketayotgan poyezd bekatlar oraligʻida qolib ketdi
11 Aprel 2025, 11:34
Qashqadaryoda tarbiyachi bexosdan bolaga qaynoq suv toʻkib yubordi
11 Aprel 2025, 11:29
Toshkentdagi koʻchalardan biri besh oyga yopiladi
11 Aprel 2025, 10:40
Qoraqalpogʻistonda ikkita yuk mashinasi yirik avtohalokatga uchradi — video
11 Aprel 2025, 10:07
Toshkentning bir tumanida issiq suv harorati biroz pasayadi — manzillar
11 Aprel 2025, 09:25