FIFA reytingi: Oʻzbekiston bir pogʻona yuqoriladi, Ispaniya 3-oʻringa koʻtarildi
Srechko Katanes shogirdlari 2023-yilni 68-oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogidan keyin 66-oʻringa koʻtarilgandi.
FIFA rasmiy sayti milliy jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi bu safar 61-pogʻonaga yuqorilagan.
Srechko Katanes shogirdlari 2023-yilni 68-oʻrinda yakunlagan boʻlsa, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogidan keyin 66-oʻringa koʻtarilgandi.
Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Hongkongga qarshi JCH-2026 2-saralash bosqichidagi gʻalabalardan keyin (2:0, 3:0) Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027ga yoʻllanmasiga ega chiqib, reytingda 64-oʻringa yuqorilagandi.
JCH-2026 2-saralashi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan oʻyinlardan keyin vakillarimiz yana ikki pogʻona yuqorilab, 62-oʻrindan joy oldi. Iyul oyida eʼlon qilingan reytingda esa Oʻzbekiston 61-oʻringa koʻtarilgan.
FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-oʻrinda bormoqda, Fransiya 2-oʻrinda qoldi. Yevropa chempioniga aylangan Ispaniya 8-oʻrindan 3-pogʻonaga koʻtarildi. Angliya esa 5-oʻrindan 4-oʻringa chiqqan. Braziliya 5, Belgiya 6-oʻringa pastlagan. Niderlandiya (7), Portugaliya (8), Kolumbiya (9) va Italiya (10) oʻnlikdan joy olgan.
Osiyo jamoalari top-10lik orasida esa vakillarimiz 8-oʻrindan joy olgan. Yaponiya qitʼada peshqadam sanaladi – 18-oʻrin, Eron (20) va Janubiy Koreya (23) uchlikda. Avstraliya (24), Qatar (34), Iroq (55), Saudiya Arabistoni (56), Oʻzbekiston (61), Iordaniya (68) va BAA (69) va joy olgan.
Мавзуга оид хабарлар:
FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi Babayan “Lokomotiv” klubida ish boshlashi mumkin