Dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi
U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga yozgi olimpiada o‘yinlari tarixida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi.

28-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi Parij olimpiadasida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. Unga dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida finalgacha yetib kelgan Diyora Keldiyorova mualliflik qildi. U birinchilik uchun bahsda Tokio-2020 o‘yinlarida -48 kg vazn toifasida oltin medal egasi kosovolik Distriya Krasnikaga qarshi tatamiga chiqdi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Keldiyorovaning vazari hisobiga olgan 1 ochkosi bahsga yakun yasadi. Shuning bilan o‘zbekistonlik Diyora Parij olimpiadasida dzyudo bellashuvlarining -52 kg vazn toifasidagi chempioniga aylandi. Bundan tashqari, u dzyudo bo‘yicha Olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston tarixidagi ilk sovrindor ayol sportchi bo‘ldi.
Keldiyorova yarim finalda mezbon sportchi fransiyalik Amandin Byushardni mag‘lub etgandi. Chorak finalda esa yaponiyalik Uta Abeni yengib, raqibini turnirdan chiqarib yubordi.
-52 kg vazn toifasidagi sovrindorlar:
- 1-o‘rin: Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston)
- 2-o‘rin: Distria Krasnika (Kosovo)
- 3-o‘rin: Amandin Byushard (Fransiya)
Мавзуга оид хабарлар:
Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi deb topildi O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshisi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi
Soʻnggi yangiliklar







