2 Sentabr 2024, 15:19 Sport

Doniyor Soliyev Paralimpiya kumush medalini qo‘lga kiritdi

Doniyor Soliyev T12 uzunlikka sakrash bahslarida 7,16 metr natija qayd etib, Paralimpiya kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Doniyor Soliyev Paralimpiya kumush medalini qo‘lga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida T12 uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Doniyor Soliyev 7,16 metr natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bahslarda 7,27 metr natija qayd etgan ozarbayjonlik sportchi oltin medalga ega chiqdi.

Doniyor Soliyev Rio—2016 Olimpiadasida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Bundan tashqari sportchi 2 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 12 taga yetdi (5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza).

Mashhur yangiliklar