30 Iyul 2024, 10:29 Sport

Diyora Keldiyorova oʻzbekistonlik muxlislariga murojaat qildi

Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan Uta Abe manziliga negativ izoh yozishni to‘xtatishni so‘radi.

Diyora Keldiyorova oʻzbekistonlik muxlislariga murojaat qildi

Dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan yaponiyalik raqibi Uta Abe manziliga salbiy fikrlar yozishni bas qilishni so‘radi.

Barcha muxlislardan, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hammaga chuqur hurmat[da] bo‘lishingizni so‘rab qo‘laman. Bu, albatta, sport, bu — bizni birlashtiruvchi kuch! Biz dzyudo oilasimiz. Iltimos, to‘xtating. Menimcha, dzyudoning insonlarga o‘rgatadigan eng muhim jihati — bu hurmatdir, deb yozdi Keldiyorova Instagram sahifasida.

Xabaringiz bor, turnir favoriti, amaldagi Olimpiya chempioni va to‘rt karra jahon chempioni, besh yil davomida dzyudo bo‘yicha jahon turnirlarida yutqazmagan Uta Abe Parij Olimpiadasida dzyudo bahslarining 1/8 finalida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorovaga imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketgandi.

Mashhur yangiliklar