14 Yanvar 2025, 17:21 Sport

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasiga rais bo‘ldi

Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasiga rais bo‘ldi

MOQ еadbiri kun tartibidan sport kurashlari аssosiatsiyaga yangi rahbar saylash o‘rin oldi. Assosiatsiya Ijroiya qo‘mitasi tashkilot raisligiga Bosh prokuror, mamlakat kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodini ilgari surdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodini ma’qulladi va u mamlakat sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shundan so‘ng, assosiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha reja bilan tanishtirdi. Unda har bir vazn toifasida asosiy va zaxira tarkib shakllantirilgani, hozirda mavjud muammo va kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, ayollar kurashida yanada ko‘proq yo‘llanmalar olish, yunon-rum kurashchilarimizning ham Olimpiadalardagi natijadorligini oshirish, erkin kurash yo‘nalishida ichki raqobatni kuchaytirish shular jumlasidan.

Mashhur yangiliklar