14 Avgust 2024, 15:31 Sport

Bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qilindi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkak ekani aytilgan bokschiga qarshi jang qilgan Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy berildi.

Bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qilindi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtiroki uchun tumanida 1 xonali uy va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bulung‘ur hokimligi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, xonadon hokimlik mablag‘lari hisobidan emas, balki tadbirkor tomonidan hadya qilingan. Tuman ma’muriyati sportchi va uning murabbiyiga esdalik sovg‘alari berish bilan cheklangan.

Musobaqa juda yaxshi o‘tdi. Yashi tayyorgarlik ko‘rib, natija qilish uchun borgan edik, ammo nasib qilmadi. Xudo xohlasa, keyingi musobaqalarda natija qilamiz, degan umiddamiz, dedi sportchi.

Bokschi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 57 kg vazn toifasida ilk bahsini kongolik Marselat Sakobi Matshuni bilan o‘tkazib, uni 3:2 hisobida yenggan. So‘ngra 1/8 finalda ikki karra jahon chempioni Xitoy Taypeyi vakili Lin Yu Tingga qarshi jang qilgan, biroq imkoniyatni boy berib (5:0), Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagan.

Mashhur yangiliklar