3 Aprel 2025, 11:32 Sport

“Barselona” va “Real” oʻrtasidagi navbatdagi El-Klasiko sanasi maʼlum boʻldi

Ikki oʻyin natijasiga koʻra, hisob 5:4 kataloniyaliklar foydasiga hal boʻldi.

“Barselona” va “Real” oʻrtasidagi navbatdagi El-Klasiko sanasi maʼlum boʻldi

26-aprel kuni “Barselona” va “Real” oʻrtasidagi navbatdagi El-Klasiko uchrashuvi boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Championat.

Futbol boʻyicha Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsida “Barselona” “Atletiko”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Oʻyindagi yagona gol Ferran Torres hisobiga yozildi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra, hisob 5:4 kataloniyaliklar foydasiga hal boʻldi. “Barsa” finalga yoʻl oldi va 26-aprel kuni Madridning “Real” klubiga qarshi bahs olib boradi.

“Bu jamoalarning Ispaniya kubogi finalida oʻzaro toʻqnash kelishi sakkizinchi bor roʻy bermoqda. Bungacha El-Klasikodan keyin Madrid klubi toʻrt marta sovrinni qoʻlga kiritgan, koʻk-anorranglilar uch marta kuchliroq edi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari maʼlum boʻldi. Final turniriga guruh gʻoliblari yoʻl oladi.

Mashhur yangiliklar