6 Fevral 2025, 10:20 Sport

Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi

Jalolov shu kunlarda AQShning Indio shahrida mazkur jang uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning bugun, 6-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. Bu haqda bokschining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda superog‘ir vazn toifasida o’zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Afsuski, shifokorlar o‘zbekistonlik sportchiga jang qilish uchun ruxsat bermadi.

“Jang bekor bo‘ldi. Arzimagan uchuq sabab, jang bekor qilindi. Raqib ham, men ham jang qilishni xohladik. Afsuski, komissiya ruxsat bermadi. Bu holat menda yoshlikdan mavjud. Biror davlatga uchsam yoki havo almashtirsam shunaqa bo‘ladi”, deydi ikki karra Olimpiada oltin medali sohibi.

Jalolov shu kunlarda AQShning Indio shahrida mazkur jang uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Mashhur yangiliklar